Sura An-Nur (Nur — النور) (Oyat 29)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




24 An-Nur(النور), Oyat 29

لَيْسَ عَلَيْكُمْ جُنَاحٌ أَنْ تَدْخُلُوا بُيُوتًا غَيْرَ مَسْكُونَةٍ فِيهَا مَتَاعٌ لَكُمْ ۚ وَاللَّهُ يَعْلَمُ مَا تُبْدُونَ وَمَا تَكْتُمُونَ 29 ٢٩

Maskan bo`lmagan, siz uchun foyda bor uylarga (iznsiz) kirishingizda gunoh yo`qdir. Alloh nimani oshkor qilayotganingizni va nimani yashirin qilayotganingizni biladir. (29)

Tafsir
Aynan bir odamniki boʻlmagan, hamma foydalanishi uchun qurib qoʻyilgan idoralar, doʻkonlar kabi umumiy uylarga izn soʻramasdan kirsangizlar ham boʻlaveradi. Alloh oshkora qilayotgan ishlaringizni ham, yashirin qilayotgan ishlaringizni ham biladi. U Zotdan biron narsa yashirin qola olmas. Yaqinda qilgan amallaringizga yarasha jazo yoki mukofotingizni berur.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin