Sura An-Nur (Nur — النور) (Oyat 30)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




24 An-Nur(النور), Oyat 30

قُلْ لِلْمُؤْمِنِينَ يَغُضُّوا مِنْ أَبْصَارِهِمْ وَيَحْفَظُوا فُرُوجَهُمْ ۚ ذَٰلِكَ أَزْكَىٰ لَهُمْ ۗ إِنَّ اللَّهَ خَبِيرٌ بِمَا يَصْنَعُونَ 30 ٣٠

Sen mo`minlarga ayt, ko`zlarini tiysinlar va farjlarini saqlasinlar. Ana shu ular uchun pokdir. Albatta, Alloh nima hunar qilayotganlaridan xabardordir. (30)

Tafsir
Ey Paygʻambar, moʻminlarga aytingki, koʻzlarini nomahramlarga qarashdan tiysinlar, avratlarini haromga borib qolishdan saqlasinlar. Mana shu Alloh nazdida sizlar uchun pokroqdir. Alloh ularning qilayotgan hunarlaridan xabardordir. Biron narsa U Zotdan yashirin boʻla olmas. Yaqinda ularga amallariga yarasha jazo yoki mukofotlarini berur.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin