Sura An-Nur (Nur — النور) (Oyat 35)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




24 An-Nur(النور), Oyat 35

اللَّهُ نُورُ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ ۚ مَثَلُ نُورِهِ كَمِشْكَاةٍ فِيهَا مِصْبَاحٌ ۖ الْمِصْبَاحُ فِي زُجَاجَةٍ ۖ الزُّجَاجَةُ كَأَنَّهَا كَوْكَبٌ دُرِّيٌّ يُوقَدُ مِنْ شَجَرَةٍ مُبَارَكَةٍ زَيْتُونَةٍ لَا شَرْقِيَّةٍ وَلَا غَرْبِيَّةٍ يَكَادُ زَيْتُهَا يُضِيءُ وَلَوْ لَمْ تَمْسَسْهُ نَارٌ ۚ نُورٌ عَلَىٰ نُورٍ ۗ يَهْدِي اللَّهُ لِنُورِهِ مَنْ يَشَاءُ ۚ وَيَضْرِبُ اللَّهُ الْأَمْثَالَ لِلنَّاسِ ۗ وَاللَّهُ بِكُلِّ شَيْءٍ عَلِيمٌ 35 ٣٥

Alloh osmonlar va yerning nuridir. Uning nurining misoli xuddi bir tokcha, uning ichiga chiroq qo`yilgan, chiroq esa, shisha ichida, shisha esa, go`yo durdan bo`lgan bir yulduz bo`lib, sharqiy ham, g`arbiy ham bo`lmagan muborak zaytun daraxtidan yoqiladir. Uning moyi o`ziga olov tegmasa ham, yoritib yuboray deydir. (Bu) nur ustiga nurdir. Alloh xohlagan odamni O`z nuriga hidoyat qilur. Alloh odamlarga misollarni keltirur. Alloh har bir narsani o`ta bilguvchidir. (35)

Tafsir
Alloh osmonlaru yerning Nuridir va ulardagi zotlarni hidoyat qilguvchidir. Uning Nuri moʻminning qalbida xuddi bir tokcha kabidirki, unda bir chiroq bor. Chiroq bir shisha ichida. Shisha esa atrofni yoritib turgan bir dur yulduz. Chiroq muborak zaytun daraxtining moyidan yoqiladi. Zaytun daraxtini ertalab ham, kechga yaqin ham quyoshdan hech narsa toʻsmaydi. Uning moyi shu qadar musaffoki, hatto unga olov tutashmasa ham atrofni yoritib yuborgudek boʻladi. Endi olov tutashganidan keyin qanday boʻlishini oʻzingiz tasavvur qilib olavering! Chiroqning nuri shishaning nuriga qoʻshilib, nur ustiga nur boʻlur! Moʻminning qalbi ham hidoyat nuri uni yoritgan paytida mana shunday boʻladi. Alloh Oʻzi istagan bandasini Quronga ergashish baxtiga muyassar aylaydi. Alloh misollar zarb etib, narsalarni tashbehlar orqali bayon qiladi. Alloh hamma narsani Bilguvchidir. Biron narsa U Zotdan yashirin boʻla olmas.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin