Sura Nur (النور) (Oyat 37)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




24 Nur(النور), Oyat 37

رِجَالٌ لَا تُلْهِيهِمْ تِجَارَةٌ وَلَا بَيْعٌ عَنْ ذِكْرِ اللَّهِ وَإِقَامِ الصَّلَاةِ وَإِيتَاءِ الزَّكَاةِ ۙ يَخَافُونَ يَوْمًا تَتَقَلَّبُ فِيهِ الْقُلُوبُ وَالْأَبْصَارُ 37 ٣٧

Bir kishilarki, ularni tijorat ham, oldi-sotdi ham Allohning zikridan, namozni to`kis ado etishdan va zakot berishdan mashg`ul qila olmas. Ular qalblar va ko`zlar iztirobga tushadigan kundan qo`rqarlar. (37)

Tafsir
Kishilarki, ularni tijorat ham, savdo ham Alloh subhonahuning zikridan, namozni toʻkis ado etishdan va zakotni oʻz oʻrniga berishdan chalgʻitmaydi. Ular Qiyomat kunidan qoʻrqadilar. U kunda qalblar va koʻzlar hali najot topishga umid bogʻlab, hali azobdan qoʻrqib, oʻzlarini har yonga uradilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin