Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Yoki xuddi qa'rsiz dengizdagi zulmatlarga o`xshar. Uning ustidan mavj qoplagandir, u(mavj)ning ham ustidan mavj va uni esa, bulut (qoplagandir). Bir-birining ustidagi zulmatlardir. U qo`lini chiqarsa, ko`ra olmas. Kimgaki Alloh nur bermasa, uning uchun nur bo`lmas. (40)
Tafsir
Ularning qilgan amallari bir tubsiz dengizdagi zulmatlar kabidirki, uni ustidan bir toʻlqin qoplab olgan. Toʻlqin ustidan yana bir toʻlqin qoplab olgan. Uning ham ustidan esa yulduzlarni toʻsib turgan bir bulut qoplab olganki, ularga qarab yoʻl topishning iloji yoʻq. Ustma-ust qalashib ketgan zulmatlar. Qoʻlini chiqarsa, deyarli koʻrmay qoladigan darajada qorongʻulik. Kofir ham xuddi shunday. Undagi jaholat, ikkilanish, muhrlanib qolgan qalb kabi zulmatlar ustma-ust qalashib yotibdi. Alloh kimga hidoyat va Quronni anglash nurini ato etmasa, Uning uchun boshqa biron nur yoʻqdir.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: