Sura Nur (النور) (Oyat 64)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




24 Nur(النور), Oyat 64

أَلَا إِنَّ لِلَّهِ مَا فِي السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ ۖ قَدْ يَعْلَمُ مَا أَنْتُمْ عَلَيْهِ وَيَوْمَ يُرْجَعُونَ إِلَيْهِ فَيُنَبِّئُهُمْ بِمَا عَمِلُوا ۗ وَاللَّهُ بِكُلِّ شَيْءٍ عَلِيمٌ 64 ٦٤

Ogoh bo`linglar! Albatta, osmonlaru yerdagi narsalar Allohnikidir. U zot sizning qay holatda ekaningizni yaxshi bilur. Uning O`ziga qaytariladigan kunda esa, qilgan amallari haqida ularga xabar berur. Alloh har bir narsani o`ta bilguvchi Zotdir. (64)

Tafsir
Ogoh boʻlingizkim, osmonlaru yerdagi narsalar yolgʻiz Allohnikidir. Oʻzi yaratgan. Oʻzi boshqaradi. Oʻzi podshoh. Ey odamlar, Alloh sizlar qay ahvolda turganingizni aniq biladi. Biron narsa U Zotdan yashirin boʻla olmas. Qiyomat kuni, hamma qayta tirilib, U Zotning huzuriga qaytganlarida shu dunyoda qilib oʻtgan ishlari haqida xabar berur. Alloh hamma narsani Bilguvchidir. Osmonlaru yerdagi biron narsa U Zotdan yashirin qola olmas.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin