Sura Al-Furqan (Haq va botil ajratuvchi — الفرقان) (Oyat 18)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




25 Al-Furqan(الفرقان), Oyat 18

قَالُوا سُبْحَانَكَ مَا كَانَ يَنْبَغِي لَنَا أَنْ نَتَّخِذَ مِنْ دُونِكَ مِنْ أَوْلِيَاءَ وَلَٰكِنْ مَتَّعْتَهُمْ وَآبَاءَهُمْ حَتَّىٰ نَسُوا الذِّكْرَ وَكَانُوا قَوْمًا بُورًا 18 ١٨

Ular: «O`zing poksan! Sendan o`zgani do`st tutmoq biz uchun yarashmas. Lekin Sen ularni va ota-bobolarini (shunchalik) huzurlantirdingki, hatto ular zikringni unutdilar va halokat qavmi bo`lib qoldilar», derlar. (18)

Tafsir
"Xudolar" aytadi: "Parvardigoro, sen har qanday sherikdan Poksan! Sendan boshqani doʻst tutmoq bizga yarashmaydi. Shunday ekan, qanday qilib bandalaringni oʻzimizga ibodat qilishga davat etaylik? Lekin Sen oʻsha mushriklarni ham, ularning ota-bobolarini ham dunyo lazzatlariga shu qadar gʻarq ayladingki, hatto ular Seni eslamay qoʻydilar. Shu bilan Sendan boshqalarga ibodat qila boshladilar. Oqibatda badbaxtliklari tufayli halok boʻladigan qavmga aylandilar".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin