Sura Al-Furqan (Haq va botil ajratuvchi — الفرقان) (Oyat 3)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




25 Al-Furqan(الفرقان), Oyat 3

وَاتَّخَذُوا مِنْ دُونِهِ آلِهَةً لَا يَخْلُقُونَ شَيْئًا وَهُمْ يُخْلَقُونَ وَلَا يَمْلِكُونَ لِأَنْفُسِهِمْ ضَرًّا وَلَا نَفْعًا وَلَا يَمْلِكُونَ مَوْتًا وَلَا حَيَاةً وَلَا نُشُورًا 3 ٣

U Zotdan boshqa, hech narsa yarata olmaydigan, o`zlari yaratiladigan, o`zlari uchun zararga ham, nafga ham ega bo`lmaydigan, o`limga ham, hayotga ham, qayta tirilishga ham molik bo`lmaydigan «xudo»lar tutdilar. (3)

Tafsir
Mushriklar Allohni qoʻyib, boshqa narsalarni oʻzlariga xudo qilib oldilar. U bechora "xudo"lar kattadir, kichikdir, biron narsani yaratolmaydilar. Oʻzlari yaratilganlar. Alloh ularni yoʻqdan bor qildi. Ular oʻzlaridan zararni daf qilolmaydilar, oʻzlariga foyda keltirolmaydilar. Tirikni oʻldirolmaydilar. Oʻlikni tiriltirolmaydilar. Qabrlardagi mayyitlarga qaytadan jon ato etolmaydilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin