U Zotdan boshqa, hech narsa yarata olmaydigan, o`zlari yaratiladigan, o`zlari uchun zararga ham, nafga ham ega bo`lmaydigan, o`limga ham, hayotga ham, qayta tirilishga ham molik bo`lmaydigan «xudo»lar tutdilar. Al-Furqan 25:3 ⧉
Tafsir:
Mushriklar Allohni qoʻyib, boshqa narsalarni oʻzlariga xudo qilib oldilar. U bechora "xudo"lar kattadir, kichikdir, biron narsani yaratolmaydilar. Oʻzlari yaratilganlar. Alloh ularni yoʻqdan bor qildi. Ular oʻzlaridan zararni daf qilolmaydilar, oʻzlariga foyda keltirolmaydilar. Tirikni oʻldirolmaydilar. Oʻlikni tiriltirolmaydilar. Qabrlardagi mayyitlarga qaytadan jon ato etolmaydilar.