Kufr keltirganlar: «Bu (Qur'on) uydirmadan boshqa narsa emas. Uni o`zi uydirib oldi va bunda unga boshqa qavmlar ko`mak berdilar», dedilar. Bas, shubhasiz, zulm va yolg`on guvohlik keltirdilar. Al-Furqan 25:4 ⧉
Tafsir:
Allohga va Paygʻambariga kufr keltirgan kimsalar shunday dedilar: "Bu Quron uydirmadan boshqa narsa emas. Uni Muhammadning oʻzi toʻqib chiqargan va uni Allohning kalomi deb, Allohga tuhmat qilgan. Uning bu ishiga boshqa odamlar yordam berganlar". Bas, anavi kofirlar nohaq gapni toʻqib chiqardilar. Zero, Quron Allohning kalomidir. Ins ham, jin ham uning oʻxshashini keltira olmaydi.