Sura Al-Furqan (Haq va botil ajratuvchi — الفرقان) (Oyat 40)
Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Batahqiq, ular yomonlik yomg`iri yog`dirilgan shaharga kelgan edilar. Uni ko`rmagan edilarmi?! Yo`q! Ular qayta tirilishdan umidsiz edilar. (40)
Tafsir
Qavmingiz orasidagi haqni yolgʻonga chiqarganlar Shomga ketayotganlarida qilgan buzuqliklariga jazo oʻlaroq osmondan tosh yogʻdirilgan Lut qavmining qishlogʻidan oʻtgandilar. Shundan ibrat olsalar boʻlardi. Koʻzlari koʻrmi ediki, uni koʻrmagan boʻlsalar? Yoʻq! Ular ibrat olmadilar. Ular qayta tirilishdan ham, hisob-kitobdan ham umidvor boʻlmaydigan kimsalar edilar.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: