Sura Al-Furqan (Haq va botil ajratuvchi — الفرقان) (Oyat 47)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




25 Al-Furqan(الفرقان), Oyat 47

وَهُوَ الَّذِي جَعَلَ لَكُمُ اللَّيْلَ لِبَاسًا وَالنَّوْمَ سُبَاتًا وَجَعَلَ النَّهَارَ نُشُورًا 47 ٤٧

U siz uchun kechani libos, uyquni istirohat qilgan va kunduzni tirilish (zamoni) qilgan Zotdir. (47)

Tafsir
Alloh shunday Zotki, sizlarga kechani xuddi libosdek badaningizni ham, boshqa narsalarni ham toʻsib turadigan qilib qoʻydi. Uyquni orom qilib berdi. Miriqib dam olib, kuchga toʻlib uygʻonasizlar. Kunduzni esa mehnat qilishga moslab qoʻydi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin