Sura Al-Furqan (Haq va botil ajratuvchi — الفرقان) (Oyat 4)
Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Kufr keltirganlar: «Bu (Qur'on) uydirmadan boshqa narsa emas. Uni o`zi uydirib oldi va bunda unga boshqa qavmlar ko`mak berdilar», dedilar. Bas, shubhasiz, zulm va yolg`on guvohlik keltirdilar. (4)
Tafsir
Allohga va Paygʻambariga kufr keltirgan kimsalar shunday dedilar: "Bu Quron uydirmadan boshqa narsa emas. Uni Muhammadning oʻzi toʻqib chiqargan va uni Allohning kalomi deb, Allohga tuhmat qilgan. Uning bu ishiga boshqa odamlar yordam berganlar". Bas, anavi kofirlar nohaq gapni toʻqib chiqardilar. Zero, Quron Allohning kalomidir. Ins ham, jin ham uning oʻxshashini keltira olmaydi.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: