Sura Al-Furqan (Haq va botil ajratuvchi — الفرقان) (Oyat 68)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




25 Al-Furqan(الفرقان), Oyat 68

وَالَّذِينَ لَا يَدْعُونَ مَعَ اللَّهِ إِلَٰهًا آخَرَ وَلَا يَقْتُلُونَ النَّفْسَ الَّتِي حَرَّمَ اللَّهُ إِلَّا بِالْحَقِّ وَلَا يَزْنُونَ ۚ وَمَنْ يَفْعَلْ ذَٰلِكَ يَلْقَ أَثَامًا 68 ٦٨

Ular Alloh bilan birga biror ilohga iltijo qilmaslar. Alloh (o`ldirishni) harom qilgan jonni nohaqdan o`ldirmaslar. Zino qilmaslar. Kim ana shuni qilsa, uqubatga duchor bo`lur. (68)

Tafsir
Shunday zotlarki, Alloh bilan birga boshqa biron mabudga sigʻinmaydilar, duo qilmaydilar. Alloh oʻldirishni harom qilgan jonni nohaq oʻldirmaydilar. Qotil, murtad, zoniy kabi qatlga mustahiqlar bundan mustasno. Zino qilmaydilar. Kim mana shu gunohi kabiralarni qilsa, Qiyomat kunida azobga yoʻliqadi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin