Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
U: «Men sizga izn bermasimdan oldin unga iymon keltirdingiz! Albatta, u sizga sehr o`rgatgan kattangizdir! Endi tezda bilasiz, men, albatta, qo`l-oyog`ingizni qarama-qarshi tomonidan kesajakman va barchangizni osajakman», dedi. (49)
Tafsir
Firavn sehrgarlarning iymonga kelganlarini qoralab dedi: "Sizlarga izn bermasimdan oldin Musoga iymon keltirdingizmi? Sizlarga sehrni oʻrgatgan kattangiz mana shu Musoning oʻzi. Hammangiz Misrni qoʻlga olish uchun til biriktirgansiz. Mening nimalarga qodirligimni yaqinda bilib olasizlar. Qoʻl va oyoqlaringizni qarama-qarshi tarafidan chopib tashlayman. (Yani, oʻng oyoq bilan chap qoʻlni yoki aksincha). Hammangizni xurmo daraxtining shoxlariga osaman. Birontangizni tirik qoldirmayman".
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: