Sura Naml (Chumolilar — النمل) (Oyat 14)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




27 Naml(النمل), Oyat 14

وَجَحَدُوا بِهَا وَاسْتَيْقَنَتْهَا أَنْفُسُهُمْ ظُلْمًا وَعُلُوًّا ۚ فَانْظُرْ كَيْفَ كَانَ عَاقِبَةُ الْمُفْسِدِينَ 14 ١٤

Va o`zlari aniq bilib turib, zulm va kibr tufayli u(mo`'jiza)larni inkor etdilar. Buzg`unchilarning oqibati qanday bo`lishiga nazar sol. (14)

Tafsir
Oʻzlari bu moʻjizalar Alloh tarafidan ekaniga amin boʻlib tursalar-da, zolimlik va takabburlik qilib, ularni inkor etdilar, tan olmadilar. Bas, ey Paygʻambar, yer yuzida kufru masiyatlar ila buzgʻunchilik qilib yurganlarning oqibati qanday boʻlganiga qarang. Ularni halok aylab, tag-tugi bilan quritib yubormadikmi?

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin