Sura An-Naml (Chumolilar — النمل) (Oyat 16)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




27 An-Naml(النمل), Oyat 16

وَوَرِثَ سُلَيْمَانُ دَاوُودَ ۖ وَقَالَ يَا أَيُّهَا النَّاسُ عُلِّمْنَا مَنْطِقَ الطَّيْرِ وَأُوتِينَا مِنْ كُلِّ شَيْءٍ ۖ إِنَّ هَٰذَا لَهُوَ الْفَضْلُ الْمُبِينُ 16 ١٦

Va Sulaymon Dovudga voris bo`ldi. U: «Ey odamlar, bizga qush tili o`rgatildi va har bir narsadan berildi. Bu, albatta, ochiq-oydin fazldir», dedi. (16)

Tafsir
Sulaymon otasi Dovuddan paygʻambarlik, ilm va podshohlikni meros qilib oldi. Allohning oʻziga va otasiga ato etgan nematlarini gapirib shunday dedi: "Ey odamlar, Alloh bizga qush tilini oʻrgatdi hamda paygʻambarlaru podshohlarga bergan hamma narsalardan bizga ham berdi. Allohning bizga bergan bu nematlari ochiq koʻrinib turgan fazlu marhamatdir".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin