Sura Al-Mumtahanah (Sinovdan o‘tkazilgan ayol — الممتحنة) (Oyat 12)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




60 Al-Mumtahanah(الممتحنة), Oyat 12

يَا أَيُّهَا النَّبِيُّ إِذَا جَاءَكَ الْمُؤْمِنَاتُ يُبَايِعْنَكَ عَلَىٰ أَنْ لَا يُشْرِكْنَ بِاللَّهِ شَيْئًا وَلَا يَسْرِقْنَ وَلَا يَزْنِينَ وَلَا يَقْتُلْنَ أَوْلَادَهُنَّ وَلَا يَأْتِينَ بِبُهْتَانٍ يَفْتَرِينَهُ بَيْنَ أَيْدِيهِنَّ وَأَرْجُلِهِنَّ وَلَا يَعْصِينَكَ فِي مَعْرُوفٍ ۙ فَبَايِعْهُنَّ وَاسْتَغْفِرْ لَهُنَّ اللَّهَ ۖ إِنَّ اللَّهَ غَفُورٌ رَحِيمٌ 12 ١٢

Ey Nabiy! Agar mo`minalar senga Allohga hech narsani shirk keltirmaslik, o`g`rilik qilmaslik, zino qilmaslik, bolalarini o`ldirmaslik, qo`llari va oyoqlari orasidan bo`hton to`qib keltirmaslik va senga yaxshilik ishda isyon qilmaslikka bay'at qilib kelsalar, ularning bay'atini qabul qil. Va Allohdan ularning gunohini kechishni so`ra. Albatta, Alloh gunohlarni kechiruvchi va mehribondir. (12)

Tafsir
Ey Paygʻambar, Makka fathida yuz berganidek, oldingizga moʻminalar kelib, Allohga hech narsani sherik qilmasdan yolgʻiz Ungagina ibodat qilishga, oʻgʻirlik qilmaslikka, zino qilmaslikka, johiliyat odatlariga ergashib bolalarini oʻldirmaslikka, zinodan boʻlgan bolasini erimdan boʻlgan, deb tuhmat qilmaslikka, bir savobli ishda sizga itoatsizlik qilmaslikka bayat bermoqchi boʻlsalar, ulardan bayat oling va ular uchun Allohdan magʻfirat soʻrang. Albatta Alloh tavba qilgan bandalari uchun Magʻfiratli va ularga Mehribon Zotdir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin