Sura An-Naml (Chumolilar — النمل) (Oyat 62)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




27 An-Naml(النمل), Oyat 62

أَمَّنْ يُجِيبُ الْمُضْطَرَّ إِذَا دَعَاهُ وَيَكْشِفُ السُّوءَ وَيَجْعَلُكُمْ خُلَفَاءَ الْأَرْضِ ۗ أَإِلَٰهٌ مَعَ اللَّهِ ۚ قَلِيلًا مَا تَذَكَّرُونَ 62 ٦٢

Yoki muztar(nochor) odam duo qilganda ijobat etib, uning mushkulini oson qilgan hamda sizni yer yuzida xalifa qilgan Zot yaxshimi?! Alloh bilan birga boshqa iloh bormi? Qanchalik oz eslaysizlar-a?! (62)

Tafsir
Yoki kasallik, kambagʻallik kabi boshiga biron ish tushgan muztar odam iltijo qilganida duosini ijobat etib, uning mushkulini oson aylaydigan hamda sizlarni zaminga xalifa (bir avlod yashab oʻtganidan keyin uning oʻrniga keyingi avlod yashaydigan) qilib qoʻyadigan Zotmi?! Bu ishlarni Alloh bilan birga yana biron iloh qilganmi?! Juda oz ibrat olasizlar!

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin