Sura An-Naml (Chumolilar — النمل) (Oyat 81)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




27 An-Naml(النمل), Oyat 81

وَمَا أَنْتَ بِهَادِي الْعُمْيِ عَنْ ضَلَالَتِهِمْ ۖ إِنْ تُسْمِعُ إِلَّا مَنْ يُؤْمِنُ بِآيَاتِنَا فَهُمْ مُسْلِمُونَ 81 ٨١

Sen ko`rlarni zalolatdan hidoyatga solguvchi emassan. Sen faqat musulmon bo`lgan hollarida oyatlarimizga iymon keltiradiganlargagina eshittira olursan. (81)

Tafsir
Siz koʻngil koʻzi haqiqatni koʻrmaydigan koʻr boʻlib qolganlarni toʻgʻri yoʻlga sola olmassiz. Shunday ekan, xafa boʻlmang, oʻzingizni qiynamang. Siz Bizning oyatlarimizga iymon keltirgan, Allohning buyruqlariga boʻysungan zotlargagina haqni tanita olursiz.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin