Sura Fath (G‘alaba — الفتح) (Oyat 6)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




48 Fath(الفتح), Oyat 6

وَيُعَذِّبَ الْمُنَافِقِينَ وَالْمُنَافِقَاتِ وَالْمُشْرِكِينَ وَالْمُشْرِكَاتِ الظَّانِّينَ بِاللَّهِ ظَنَّ السَّوْءِ ۚ عَلَيْهِمْ دَائِرَةُ السَّوْءِ ۖ وَغَضِبَ اللَّهُ عَلَيْهِمْ وَلَعَنَهُمْ وَأَعَدَّ لَهُمْ جَهَنَّمَ ۖ وَسَاءَتْ مَصِيرًا 6 ٦

Alloh to`g`risida yomon gumon qiluvchi munofiq va munofiqalar, mushrik va mushrikalarni azoblash uchun... Ularni yomonlik o`rab olsin. Ularga Alloh g`azab qildi, ularni la'natladi va ularga jahannamni tayyorlab qo`ydi. Va naqadar yomon joy u! (6)

Tafsir
Toki Alloh haqida yomon gumonga borib, U Zotning Oʻz dinini gʻolib, Oʻz soʻzini oliy aylashiga shubha bilan qaragan munofiq va munofiqalarni, mushrik va mushrikalarni azoblasin. Ularning azobdan boshi chiqmasin. Kofirligi va badgumonligi tufayli Alloh ulardan gʻazablandi, ularni Oʻz rahmatidan quvdi va ularga oxiratda jahannamni tayyorlab qoʻydi. Doʻzaxga kiradilar va u yerda abadiy qoladilar. Jahannam naqadar yomon oqibat, naqadar yomon borar joy!

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin