Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Fath — Oyat 6 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Fath • Oyat 29 dan 6 • Oʻzbekcha


وَيُعَذِّبَ الْمُنَافِقِينَ وَالْمُنَافِقَاتِ وَالْمُشْرِكِينَ وَالْمُشْرِكَاتِ الظَّانِّينَ بِاللَّهِ ظَنَّ السَّوْءِ ۚ عَلَيْهِمْ دَائِرَةُ السَّوْءِ ۖ وَغَضِبَ اللَّهُ عَلَيْهِمْ وَلَعَنَهُمْ وَأَعَدَّ لَهُمْ جَهَنَّمَ ۖ وَسَاءَتْ مَصِيرًا 6
Tarjima:
Alloh to`g`risida yomon gumon qiluvchi munofiq va munofiqalar, mushrik va mushrikalarni azoblash uchun... Ularni yomonlik o`rab olsin. Ularga Alloh g`azab qildi, ularni la'natladi va ularga jahannamni tayyorlab qo`ydi. Va naqadar yomon joy u! Al-Fath 48:6
Tafsir:
Toki Alloh haqida yomon gumonga borib, U Zotning Oʻz dinini gʻolib, Oʻz soʻzini oliy aylashiga shubha bilan qaragan munofiq va munofiqalarni, mushrik va mushrikalarni azoblasin. Ularning azobdan boshi chiqmasin. Kofirligi va badgumonligi tufayli Alloh ulardan gʻazablandi, ularni Oʻz rahmatidan quvdi va ularga oxiratda jahannamni tayyorlab qoʻydi. Doʻzaxga kiradilar va u yerda abadiy qoladilar. Jahannam naqadar yomon oqibat, naqadar yomon borar joy!
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Fath • Oyat 5 Keyingi Al-Fath • Oyat 7