Sura Al-Ankabut (O‘rgimchak — العنكبوت) (Oyat 60)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




29 Al-Ankabut(العنكبوت), Oyat 60

وَكَأَيِّنْ مِنْ دَابَّةٍ لَا تَحْمِلُ رِزْقَهَا اللَّهُ يَرْزُقُهَا وَإِيَّاكُمْ ۚ وَهُوَ السَّمِيعُ الْعَلِيمُ 60 ٦٠

O`z rizqini ko`tara olmaydigan qanchadan-qancha jonzotlar bor. Ularga ham, sizlarga ham Alloh rizq beradir. Va U o`ta eshitguvchi va o`ta bilguvchi Zotdir. (60)

Tafsir
Oʻz rizqini topa olmaydigan qanchadan-qancha jonzotlar bor. Ularga ham, sizlarga ham rizqni Alloh berur. Shunday ekan, och qolishdan qoʻrqib, hijratni tark etishingiz durust emas. Alloh gap-soʻzlaringizni eshitib, niyatlaringiz va amallaringizni koʻrib turadi. Biron narsa U Zotdan yashirin boʻla olmaydi. Yaqinda amallaringizga yarasha jazo yoki mukofotingizni beradi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin