Sura An-Naml (Chumolilar — النمل) (Oyat 91)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




27 An-Naml(النمل), Oyat 91

إِنَّمَا أُمِرْتُ أَنْ أَعْبُدَ رَبَّ هَٰذِهِ الْبَلْدَةِ الَّذِي حَرَّمَهَا وَلَهُ كُلُّ شَيْءٍ ۖ وَأُمِرْتُ أَنْ أَكُونَ مِنَ الْمُسْلِمِينَ 91 ٩١

Men ushbu shaharning Robbiga, uni haram qilgan Zotga ibodat qilishga amr etildim, xolos. Hamma narsa Unikidir. Va musulmonlardan bo`lishga amr etildim. (91)

Tafsir
Ey Paygʻambar, ayting: "Mana shu shaharning Parvardigorigagina ibodat qilishga buyurilganman. Alloh uni Haram aylagan, yani, bu shaharda qon toʻkilishi, biron kishiga zulm qilinishi, ov ovlanishi va hatto oʻt yulinishi ham harom qilingan. Hamma narsa yolgʻiz Allohnikidir. Musulmonlardan boʻlishga, U Zotga itoat etishga buyurilganman".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin