Sura Qasas (Qissalar — القصص) (Oyat 10)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




28 Qasas(القصص), Oyat 10

وَأَصْبَحَ فُؤَادُ أُمِّ مُوسَىٰ فَارِغًا ۖ إِنْ كَادَتْ لَتُبْدِي بِهِ لَوْلَا أَنْ رَبَطْنَا عَلَىٰ قَلْبِهَا لِتَكُونَ مِنَ الْمُؤْمِنِينَ 10 ١٠

Musoning onasining qalbi bo`shab qoldi. Mo`minlardan bo`lishi uchun qalbini mustahkam bog`lamaganimizda, uni bildirib qo`yishiga sal qoldi. (10)

Tafsir
Muso alayhissalom onasining qalbi dunyoning biron ishiga etibor bermaydigan boʻm-boʻsh boʻlib qoldi. U faqat Musoni oʻylardi. Toqati toq boʻlgandi. Ortiq darajada gʻam chekkanidan sirni fosh qilib qoʻyishiga sal qoldi. Parvardigoriga tavakkul qiladigan, U Zotning qazoyi qadariga sabr etadigan moʻminlardan boʻlishi uchun uning qalbini mustahkam qilib qoʻymaganimizda oʻzini oshkor qilib qoʻyishi mumkin edi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin