Sura Qasas (Qissalar — القصص) (Oyat 13)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




28 Qasas(القصص), Oyat 13

فَرَدَدْنَاهُ إِلَىٰ أُمِّهِ كَيْ تَقَرَّ عَيْنُهَا وَلَا تَحْزَنَ وَلِتَعْلَمَ أَنَّ وَعْدَ اللَّهِ حَقٌّ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَهُمْ لَا يَعْلَمُونَ 13 ١٣

Bas, Biz uni onasiga ko`zi quvonchga to`lishi, xafa bo`lmasligi va, albatta, Allohning va'dasi haq ekanini bilishi uchun qaytardik. Lekin ko`plari buni bilmaslar. (13)

Tafsir
Musoni onasiga qaytardik. Toki, uni yaqindan koʻrib xursand boʻlsin. Firoq oʻtida yonmasin. Allohning uni qaytarib berish haqidagi vadasi shak-shubhasiz haq ekanini bilsin, anglasin. Lekin ularning koʻplari bu vada haq ekanini ham, bu ayol Musoning onasi ekanini ham bilmaydilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin