Sura Al-Qasas (Qissalar — القصص) (Oyat 19)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




28 Al-Qasas(القصص), Oyat 19

فَلَمَّا أَنْ أَرَادَ أَنْ يَبْطِشَ بِالَّذِي هُوَ عَدُوٌّ لَهُمَا قَالَ يَا مُوسَىٰ أَتُرِيدُ أَنْ تَقْتُلَنِي كَمَا قَتَلْتَ نَفْسًا بِالْأَمْسِ ۖ إِنْ تُرِيدُ إِلَّا أَنْ تَكُونَ جَبَّارًا فِي الْأَرْضِ وَمَا تُرِيدُ أَنْ تَكُونَ مِنَ الْمُصْلِحِينَ 19 ١٩

Qachonki ikkovlariga dushman bo`lganni tutmoqchi bo`lgan edi, u: «Ey Muso, kecha bir jonni o`ldirganing kabi, meni o`ldirmoqchimisan?! Sen yer yuzida faqat jabbor bo`lishni istarsan va isloh qilguvchilardan bo`lishni istamassan», dedi. (19)

Tafsir
Isroiliy Musoning: "Sen oʻzi aniq adashgan, yoʻldan ozgan odam ekansan", degan gapini eshitgach, xuddi kechagi qibtiydek meni ham uradi, deb oʻylab: "Kecha bittasini oʻldirganding, endi bugun meni oʻldirmoqchi boʻlyapsanmi, sen oʻzi urushayotgan odamlarni yarashtirib qoʻyish oʻrniga ularga zulm qiladigan, ularni oʻldiradigan zoʻravon boʻlishni istaydigan odam ekansan", dedi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin