Sura Al-Qasas (Qissalar — القصص) (Oyat 23)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




28 Al-Qasas(القصص), Oyat 23

وَلَمَّا وَرَدَ مَاءَ مَدْيَنَ وَجَدَ عَلَيْهِ أُمَّةً مِنَ النَّاسِ يَسْقُونَ وَوَجَدَ مِنْ دُونِهِمُ امْرَأَتَيْنِ تَذُودَانِ ۖ قَالَ مَا خَطْبُكُمَا ۖ قَالَتَا لَا نَسْقِي حَتَّىٰ يُصْدِرَ الرِّعَاءُ ۖ وَأَبُونَا شَيْخٌ كَبِيرٌ 23 ٢٣

Qachonki Madyan suviga yetib kelgach, bir to`p odamlarning hayvonlarini sug`orayotganini ko`rdi va ulardan boshqa (qo`ylarini suvdan) qaytarayotgan ikki ayolni ko`rdi. U: «Sizlarga ne bo`ldi?» dedi. Ular: «Cho`ponlar qaytmagunlaricha sug`ora olmaymiz, otamiz qari chol», dedilar. (23)

Tafsir
Madyan suviga yetib borgach, bir guruh odamlarning chorva hayvonlarini sugʻorayotganlarini koʻrdi. Ikki qiz esa to odamlar hayvonlarini sugʻorib olguniga qadar qoʻylarini bir chekkaga olib turdilar. Muso ulardan: "Nega odamlar bilan sizlar ham hayvonlaringizni sugʻormayapsizlar", deb soʻradi. Ular: "Odatda biz podachilarga aralashib ketmaslik uchun ular qaytib ketgunlariga qadar kutib turamiz. Otamiz keksayib qolgan. Qoʻylarimizni sugʻorishga qurbi yetmaydi. Shuning uchun ularni biz sugʻorishga majburmiz", deb javob berdilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin