Sura Qasas (Qissalar — القصص) (Oyat 25)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




28 Qasas(القصص), Oyat 25

فَجَاءَتْهُ إِحْدَاهُمَا تَمْشِي عَلَى اسْتِحْيَاءٍ قَالَتْ إِنَّ أَبِي يَدْعُوكَ لِيَجْزِيَكَ أَجْرَ مَا سَقَيْتَ لَنَا ۚ فَلَمَّا جَاءَهُ وَقَصَّ عَلَيْهِ الْقَصَصَ قَالَ لَا تَخَفْ ۖ نَجَوْتَ مِنَ الْقَوْمِ الظَّالِمِينَ 25 ٢٥

Bas, ikkovlaridan biri hayo bilan yurib kelib: «Otam senga bizlarga sug`orib berganing haqini berish uchun chaqirmoqda», dedi. Qachonki unga kelganida va qissani aytib berganida, u: «Qo`rqma, zolim qavmlardan najot topding», dedi. (25)

Tafsir
Qizlar uylariga qaytib borib, otalariga boʻlgan voqeani aytib berdilar. Shunda ota ulardan biriga Musoni chaqirib kelishni buyurdi. Qiz Musoning oldiga uyalib kelib: "Sizni otam yoʻqlayapti. Qoʻylarimizni sugʻorib berganingiz uchun sizni mukofotlamoqchi", dedi. Muso otaning oldiga kelgach, unga boshidan oʻtkazganlarini gapirib berdi. Shunda ota uni tinchlantirib: "Qoʻrqma, zolim Firavndan ham, uning odamlaridan ham najot topibsan, chunki Madyanga ularning hukmi oʻtmaydi, endi ular senga ozor berolmaydilar", dedi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin