Sura Al-Qasas (Qissalar — القصص) (Oyat 27)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




28 Al-Qasas(القصص), Oyat 27

قَالَ إِنِّي أُرِيدُ أَنْ أُنْكِحَكَ إِحْدَى ابْنَتَيَّ هَاتَيْنِ عَلَىٰ أَنْ تَأْجُرَنِي ثَمَانِيَ حِجَجٍ ۖ فَإِنْ أَتْمَمْتَ عَشْرًا فَمِنْ عِنْدِكَ ۖ وَمَا أُرِيدُ أَنْ أَشُقَّ عَلَيْكَ ۚ سَتَجِدُنِي إِنْ شَاءَ اللَّهُ مِنَ الصَّالِحِينَ 27 ٢٧

U: «Menga sakkiz yil ishlab berishing sharti bilan, shu ikki qizimdan birini senga nikohlab bermoqchiman, agar o`n yilni tamomlasang, bu sening ishing. Men esa senga mashaqqat qilishni istamasman. Inshoalloh, mening solih kishilardan ekanimni ko`rasan», dedi. (27)

Tafsir
Ota Muso alayhissalomga dedi: "Seni shu qizlarimdan biriga uylantirib qoʻyaman. Mahriga qoʻylarimizni sakkiz yil boqib berasan. Oʻn yil boʻlsa, fazlu marhamat koʻrsatgan boʻlasan. Lekin sakkiz yildan ortigʻi majburiy emas. Undan ortigʻi sening oliyjanobliging boʻladi. Ustingga senga ogʻirlik qiladigan vazifani yuklamayman. Mana koʻrasan, men ahdiga vafo qiladigan odamman".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin