Sura Qasas (Qissalar — القصص) (Oyat 35)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




28 Qasas(القصص), Oyat 35

قَالَ سَنَشُدُّ عَضُدَكَ بِأَخِيكَ وَنَجْعَلُ لَكُمَا سُلْطَانًا فَلَا يَصِلُونَ إِلَيْكُمَا ۚ بِآيَاتِنَا أَنْتُمَا وَمَنِ اتَّبَعَكُمَا الْغَالِبُونَ 35 ٣٥

U zot: «Biz seni og`ang bilan quvvatlaymiz va ikkovingizga bir saltanat berurmizki, ular sizga yetisha olmaslar. Bizning oyatlarimiz ila ikkingiz va sizga ergashganlar g`olibdirsiz», dedi. (35)

Tafsir
Alloh Musoning duosini ijobat qilib shunday dedi: "Ey Muso, akangni senga yordamchi qilib yuborish bilan Biz seni qoʻllab-quvvatlaymiz. Sizlarga bir hujjat va tirgak ato etamiz. Ular sizlarga biron ziyon-zahmat yetkaza olmaslar. Sizlarni shunday oyatlar, moʻjizalar ila yuboramizki, ular yordamida sizlar ham, sizlarga ergashgan moʻminlar ham gʻolib boʻlursizlar".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin