Sura Al-Qasas (Qissalar — القصص) (Oyat 43)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




28 Al-Qasas(القصص), Oyat 43

وَلَقَدْ آتَيْنَا مُوسَى الْكِتَابَ مِنْ بَعْدِ مَا أَهْلَكْنَا الْقُرُونَ الْأُولَىٰ بَصَائِرَ لِلنَّاسِ وَهُدًى وَرَحْمَةً لَعَلَّهُمْ يَتَذَكَّرُونَ 43 ٤٣

Batahqiq, Biz avvalgi asrlarni halok qilganimizdan so`ng Musoga odamlar uchun nur, hidoyat va rahmat qilib kitobni berdik. Shoyadki, ular eslasalar. (43)

Tafsir
Oldingi ummatlarga paygʻambarlarimizni yubordik. Ular Biz yuborgan paygʻambarlarni yolgʻonchiga chiqardilar. Natijada ularni halok qildik. Shundan keyin Musoga Tavrotni ato etdik. Unda odamlarga foydali boʻlgan narsalar bayon qilingan. Toki, ularga amal qilib, foyda olsinlar. Ularga zararli boʻlgan narsalar ham aytilgan. Toki, ularga yaqinlashmasinlar va zararidan ehtiyot boʻlsinlar. Yana unda odamlarni har ikki dunyo saodatiga olib boradigan ezgulikka boshlovchi koʻrsatmalar ham bor. Shoyadki, ular Allohning nematlarini yodga olib, shukr qilsalar, U Zotga iymon keltirsalar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin