Sura Qasas (Qissalar — القصص) (Oyat 48)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




28 Qasas(القصص), Oyat 48

فَلَمَّا جَاءَهُمُ الْحَقُّ مِنْ عِنْدِنَا قَالُوا لَوْلَا أُوتِيَ مِثْلَ مَا أُوتِيَ مُوسَىٰ ۚ أَوَلَمْ يَكْفُرُوا بِمَا أُوتِيَ مُوسَىٰ مِنْ قَبْلُ ۖ قَالُوا سِحْرَانِ تَظَاهَرَا وَقَالُوا إِنَّا بِكُلٍّ كَافِرُونَ 48 ٤٨

Qachonki ularga bizning huzurimizdan haq kelganida, ular: «Unga ham Musoga berilgan narsa berilsa edi», dedilar. Ular ilgari Musoga berilgan narsaga kufr keltirmagan edilarmi?! Ular: «Ikki sehr o`rtaga chiqdi, bir-biriga yordam bermoqda, biz har biriga kufr keltirguvchimiz», dedilar. (48)

Tafsir
Muhammad alayhissalom Qurayshga Parvardigori huzuridan risolatni olib kelganda: "Muhammadga ham xuddi Musoga berilganidek, qoʻl, aso kabi paygʻambar ekanini isbotlab beradigan moʻjizalar berilganda edi", dedilar. Ey Paygʻambar, ularga ayting: "Ilgari oʻsha yahudiylar Musoga berilgan narsaga kufr keltirmaganmidilar?!" Ular Quron va Tavrot haqida shunday dedilar: "Ikkisi ham sehr. Bir-birini qoʻllab-quvvatlab turadigan jodu". Yana shunday dedilar: "Biz Tavrotga ham, Quronga ham kufr keltiramiz".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin