Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Qasas — Oyat 48 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Qasas • Oyat 88 dan 48 • Oʻzbekcha


فَلَمَّا جَاءَهُمُ الْحَقُّ مِنْ عِنْدِنَا قَالُوا لَوْلَا أُوتِيَ مِثْلَ مَا أُوتِيَ مُوسَىٰ ۚ أَوَلَمْ يَكْفُرُوا بِمَا أُوتِيَ مُوسَىٰ مِنْ قَبْلُ ۖ قَالُوا سِحْرَانِ تَظَاهَرَا وَقَالُوا إِنَّا بِكُلٍّ كَافِرُونَ 48
Tarjima:
Qachonki ularga bizning huzurimizdan haq kelganida, ular: «Unga ham Musoga berilgan narsa berilsa edi», dedilar. Ular ilgari Musoga berilgan narsaga kufr keltirmagan edilarmi?! Ular: «Ikki sehr o`rtaga chiqdi, bir-biriga yordam bermoqda, biz har biriga kufr keltirguvchimiz», dedilar. Al-Qasas 28:48
Tafsir:
Muhammad alayhissalom Qurayshga Parvardigori huzuridan risolatni olib kelganda: "Muhammadga ham xuddi Musoga berilganidek, qoʻl, aso kabi paygʻambar ekanini isbotlab beradigan moʻjizalar berilganda edi", dedilar. Ey Paygʻambar, ularga ayting: "Ilgari oʻsha yahudiylar Musoga berilgan narsaga kufr keltirmaganmidilar?!" Ular Quron va Tavrot haqida shunday dedilar: "Ikkisi ham sehr. Bir-birini qoʻllab-quvvatlab turadigan jodu". Yana shunday dedilar: "Biz Tavrotga ham, Quronga ham kufr keltiramiz".
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Qasas • Oyat 47 Keyingi Al-Qasas • Oyat 49