Agar ularga qilmishlari tufayli musiybat yetganida: «Ey Robbimiz, bizga Payg`ambar yuborganingda edi, oyatlaringga ergashar edik va mo`minlardan bo`lar edik», demasalar edi. Al-Qasas 28:47 ⧉
Tafsir:
Ularga oʻzlari qilgan kufru masiyatlari tufayli biron ilohiy jazo-musibat kelganida: "Parvardigoro, bizga bir paygʻambar yuborganingda edi, Sening oyatlaringga ergashar va iymon keltirguvchilardan boʻlar edik", deya paygʻambar yuborilmaganini hujjat qilishmaganida edi, ularga tez azob yuborgan boʻlar edik. Lekin ularga paygʻambar yuborish bilan oʻzlarini oqlaydigan hech qanday hujjat qoldirmaslik uchun azobni kechiktirdik.