Sura Al-Qasas (Qissalar — القصص) (Oyat 4)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




28 Al-Qasas(القصص), Oyat 4

إِنَّ فِرْعَوْنَ عَلَا فِي الْأَرْضِ وَجَعَلَ أَهْلَهَا شِيَعًا يَسْتَضْعِفُ طَائِفَةً مِنْهُمْ يُذَبِّحُ أَبْنَاءَهُمْ وَيَسْتَحْيِي نِسَاءَهُمْ ۚ إِنَّهُ كَانَ مِنَ الْمُفْسِدِينَ 4 ٤

Albatta, Fir'avn yer yuzida baland ketdi. U o`sha(er)ning aholisini bo`lib tashladi. Ulardan bir toifasini ezar, o`g`illarini so`yib, qizlarini tirik qoldirardi. Albatta, u buzg`unchilardan bo`lgan edi. (4)

Tafsir
Firavn Misrda haddidan oshdi, zoʻravonlik qildi, uning aholisini toifalarga boʻlib yubordi. Ulardan bir toifani - Bani Isroilni xorladi, erkaklarini oʻldirib, ayollarini xizmatkor qilish maqsadida tirik qoldirdi. U takabburligi, zulmi va zoʻravonligi bilan yer yuzidagi buzgʻunchilardan biri boʻlgandi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin