Sura Al-Qasas (Qissalar — القصص) (Oyat 71)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




28 Al-Qasas(القصص), Oyat 71

قُلْ أَرَأَيْتُمْ إِنْ جَعَلَ اللَّهُ عَلَيْكُمُ اللَّيْلَ سَرْمَدًا إِلَىٰ يَوْمِ الْقِيَامَةِ مَنْ إِلَٰهٌ غَيْرُ اللَّهِ يَأْتِيكُمْ بِضِيَاءٍ ۖ أَفَلَا تَسْمَعُونَ 71 ٧١

Sen ularga: «Ayting-chi, agar Alloh kechani qiyomat kunigacha doimiy qilib qo`ysa, Allohdan o`zga qaysi iloh sizga yorug`lik keltira olur? Eshitmaysizlarmi?!» deb ayt. (71)

Tafsir
Ey Paygʻambar, anavi mushriklarga ayting: "Ayting-chi, agar Alloh kechani Qiyomat kunigacha doimiy, mangu qilib qoʻysa, Allohdan oʻzga qaysi bir mabud sizlarga xuddi kunduz kabi yorugʻlik keltira olur? Bu hujjatlarga quloq solib, Allohdan oʻzga hech bir iloh bu ishlarni qila olmasligini anglab olsangiz boʻlmasmi?!"

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin