Sen ularga: «Ayting-chi, agar Alloh kechani qiyomat kunigacha doimiy qilib qo`ysa, Allohdan o`zga qaysi iloh sizga yorug`lik keltira olur? Eshitmaysizlarmi?!» deb ayt. Al-Qasas 28:71 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, anavi mushriklarga ayting: "Ayting-chi, agar Alloh kechani Qiyomat kunigacha doimiy, mangu qilib qoʻysa, Allohdan oʻzga qaysi bir mabud sizlarga xuddi kunduz kabi yorugʻlik keltira olur? Bu hujjatlarga quloq solib, Allohdan oʻzga hech bir iloh bu ishlarni qila olmasligini anglab olsangiz boʻlmasmi?!"