Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Esla! Kufr keltirganlar qalblarida «hamiyyat»ni, «johiliyat hamiyyati»ni joylaganlarida, Alloh O`z sokinligini Payg`ambariga va mo`minlarga tushirdi va ularga taqvo kalimasini lozim ko`rdi, ular ushbuga haqli va ahl edilar. Va Alloh har bir narsani biluvchidir. (26)
Tafsir
Oʻshanda Allohga va Rasuliga kufr keltirganlar qalblariga haqiqat emas, havoyi nafs rishtasi bilan bogʻlanadigan johiliyat hamiyatini joylab oldilar-da, Hudaybiya yili Paygʻambar alayhissalomning Makkaga kirishlariga qarshilik qildilar. U Zotning Makkaga kirib borishlari oʻzlarining magʻlubiyatini anglatishidan xavfsiradilar. Bas, Alloh Oʻzining huzuridan Paygʻambar alayhissalom va moʻminlarga bir xotirjamlik, orom indirdi. Shu bilan ular mushriklarga qarshi qahr, gʻazab bilan emas, xotirjamlik, bosiqlik bilan turdilar. Alloh moʻminlarga haq kalimasini, "Allohdan oʻzga iloh yoʻq", degan taqvo kalimasini lozim qildi. Uning haqqini ado qilishga buyurdi va ular ado qildilar. Bu kalimaga boshqalardan koʻra moʻminlar haqliroq, loyiqroq edilar. Chunki Alloh ularning qalblarida ezgulik borligini bildi. Alloh har bir narsani Bilguvchi boʻlgan Zotdir. Biron narsa U Zotdan yashirin qolmas.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: