Sen ularga: «Ayting-chi, agar Alloh kunduzni qiyomat kunigacha doimiy qilib qo`ysa, Allohdan o`zga qaysi iloh sizlarga orom oladiganingiz kechani keltira oladi?! Ko`rmaysizlarmi?!» deb ayt. Al-Qasas 28:72 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, ularga ayting: «Ayting-chi, agar Alloh kunduzni qiyomat kunigacha doimiy, mangu qilib qoʻysa, Allohdan oʻzga qaysi bir mabud sizlarga kechani keltira olurki, kunduzgi mehnatdan charchab kelib, unda bir orom olsangizlar?! Bu oyatlarga nazar solib, Allohdan oʻzga hech bir iloh bu ishlarni qila olmasligini anglab olsangiz boʻlmasmi?!"