Sura Al-Qasas (Qissalar — القصص) (Oyat 75)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




28 Al-Qasas(القصص), Oyat 75

وَنَزَعْنَا مِنْ كُلِّ أُمَّةٍ شَهِيدًا فَقُلْنَا هَاتُوا بُرْهَانَكُمْ فَعَلِمُوا أَنَّ الْحَقَّ لِلَّهِ وَضَلَّ عَنْهُمْ مَا كَانُوا يَفْتَرُونَ 75 ٧٥

Va har bir ummatdan bir shohid chiqarib: «Hujjatlaringizni keltiring!» degaymiz. Bas, ular haq Allohga ekanini bilurlar va o`zlari uydirib yurgan narsalari g`oyib bo`lur. (75)

Tafsir
Har bir ummatning paygʻambarini olib kelib, ularning haqni tan olmay, kofir boʻlganlariga guvoh qildik. Keyin oʻsha haqni yolgʻonga chiqarganlarga qarata: "Qilgan ishlaringiz haq ekaniga hujjatlaringizni keltiringiz", dedik. Bas, hujjat topolmadilar. Shu bilan haq Allohniki ekanini bildilar. Oʻzlari toʻqib olgan soxta xudolari esa ulardan yuz oʻgirib, koʻzdan gʻoyib boʻldilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin