Sura Al-Qasas (Qissalar — القصص) (Oyat 77)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




28 Al-Qasas(القصص), Oyat 77

وَابْتَغِ فِيمَا آتَاكَ اللَّهُ الدَّارَ الْآخِرَةَ ۖ وَلَا تَنْسَ نَصِيبَكَ مِنَ الدُّنْيَا ۖ وَأَحْسِنْ كَمَا أَحْسَنَ اللَّهُ إِلَيْكَ ۖ وَلَا تَبْغِ الْفَسَادَ فِي الْأَرْضِ ۖ إِنَّ اللَّهَ لَا يُحِبُّ الْمُفْسِدِينَ 77 ٧٧

Va Alloh senga bergan narsa bilan oxiratni izlagin, bu dunyodagi nasibangni ham unutma. Alloh senga yaxshilik qilganidek, sen ham yaxshilik qil. Yer yuzida buzg`unchilikni izlama. Albatta, Alloh buzg`unchilarni suymas», dedilar. (77)

Tafsir
Alloh senga ato etgan mol-davlatni ezgu ishlarga sarflab, oxirat diyoridagi savobingni koʻpaytirib ol. Isrof qilmasdan, kibr-havoga berilmasdan, yeyish, ichish, kiyish kabi shu dunyodan oladigan nasibangni ham unutib qoʻyma. Alloh senga yaxshilik qilganidek, sen ham U Zotning bandalariga yaxshilik qil. Toatni tark etish va masiyatlar qilish bilan yer yuzida buzgʻunchilik qilma. Alloh buzgʻunchilarni yoqtirmaydi, ulardan gʻazablanadi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin