Sura Al-Qasas (Qissalar — القصص) (Oyat 7)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




28 Al-Qasas(القصص), Oyat 7

وَأَوْحَيْنَا إِلَىٰ أُمِّ مُوسَىٰ أَنْ أَرْضِعِيهِ ۖ فَإِذَا خِفْتِ عَلَيْهِ فَأَلْقِيهِ فِي الْيَمِّ وَلَا تَخَافِي وَلَا تَحْزَنِي ۖ إِنَّا رَادُّوهُ إِلَيْكِ وَجَاعِلُوهُ مِنَ الْمُرْسَلِينَ 7 ٧

Va Musoning onasiga: «Uni emizaver. Bas, (unga yomonlik yetishidan) qo`rqqan chog`ingda uni daryoga tashla, qo`rqma, xafa bo`lma, Biz, albatta, uni senga qaytarguvchimiz va Payg`ambarlardan qilguvchimiz», deb vahiy qildik. (7)

Tafsir
Muso alayhissalomning onasiga shunday ilhom berdik: "Uni emizaver. Uni Firavn va uning qavmi oʻldirib qoʻyishidan qoʻrqsang, bir sandiqqa solib Nil daryosiga tashla. Choʻkib ketishidan qoʻrqma, uning firoqidan xafa boʻlma. Biz uni senga aniq tirik qaytarguvchimiz va uni Allohning paygʻambarlaridan biri qilguvchimiz".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin