Sura Al-Qasas (Qissalar — القصص) (Oyat 80)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




28 Al-Qasas(القصص), Oyat 80

وَقَالَ الَّذِينَ أُوتُوا الْعِلْمَ وَيْلَكُمْ ثَوَابُ اللَّهِ خَيْرٌ لِمَنْ آمَنَ وَعَمِلَ صَالِحًا وَلَا يُلَقَّاهَا إِلَّا الصَّابِرُونَ 80 ٨٠

Ilm berilganlar esa: «Voy bo`lsin sizlarga! Iymon keltirib, solih amallarni qilganlar uchun Allohning savobi yaxshidir. Unga faqat sabr qilganlargina erishurlar», dedilar. (80)

Tafsir
Ilm-mafirat ato etilgan kishilar esa Qorunning zebu ziynatlariga atrofidagilarning havas qilayotganlarini koʻrib, shunday dedilar: "Sizlarga oʻlim boʻlsin! Iymon keltirib, yaxshi amal qilganlar uchun Alloh oxiratda beradigan ajr-savob va jannat Qorunning dunyoviy boyligidan yaxshiroqdir! Alloh beradigan savobni bu dunyoning zebu ziynatlaridan ustun qoʻyish yoʻlida sabr qila oladigan zotlargina bu gapni uqish va unga amal qilish baxtiga muyassar boʻladilar".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin