Sura Qasas (Qissalar — القصص) (Oyat 82)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




28 Qasas(القصص), Oyat 82

وَأَصْبَحَ الَّذِينَ تَمَنَّوْا مَكَانَهُ بِالْأَمْسِ يَقُولُونَ وَيْكَأَنَّ اللَّهَ يَبْسُطُ الرِّزْقَ لِمَنْ يَشَاءُ مِنْ عِبَادِهِ وَيَقْدِرُ ۖ لَوْلَا أَنْ مَنَّ اللَّهُ عَلَيْنَا لَخَسَفَ بِنَا ۖ وَيْكَأَنَّهُ لَا يُفْلِحُ الْكَافِرُونَ 82 ٨٢

Va kechagina uning makonini orzu qilayotganlar: «Voajab, Alloh bandalaridan O`zi xohlaganlariga rizqini keng yoki tor qiladiganga o`xshaydir. Agar Alloh bizga lutf qilmaganida, bizni ham yerga yuttirar edi. Voajab, kofirlar najot topmaydiganga o`xshaydi-ku!» deyishga o`tdilar. (82)

Tafsir
Kechagina uning martabasini, uningdek boy boʻlishni orzu qilganlar: "Voajab, Alloh bandalaridan Oʻzi xohlaganlariga rizqini keng yoki tor qilib qoʻyar ekan-da. Agar Alloh bizga marhamat qilmaganida, bizni ham yerga yutdirgan boʻlar edi. Voajab, kofirlar bu dunyoda ham, oxiratda ham najot topmas ekan-da, ularning oqibati voy ekan-da", deyishga oʻtdilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin