Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Qasas — Oyat 82 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Qasas • Oyat 88 dan 82 • Oʻzbekcha


وَأَصْبَحَ الَّذِينَ تَمَنَّوْا مَكَانَهُ بِالْأَمْسِ يَقُولُونَ وَيْكَأَنَّ اللَّهَ يَبْسُطُ الرِّزْقَ لِمَنْ يَشَاءُ مِنْ عِبَادِهِ وَيَقْدِرُ ۖ لَوْلَا أَنْ مَنَّ اللَّهُ عَلَيْنَا لَخَسَفَ بِنَا ۖ وَيْكَأَنَّهُ لَا يُفْلِحُ الْكَافِرُونَ 82
Tarjima:
Va kechagina uning makonini orzu qilayotganlar: «Voajab, Alloh bandalaridan O`zi xohlaganlariga rizqini keng yoki tor qiladiganga o`xshaydir. Agar Alloh bizga lutf qilmaganida, bizni ham yerga yuttirar edi. Voajab, kofirlar najot topmaydiganga o`xshaydi-ku!» deyishga o`tdilar. Al-Qasas 28:82
Tafsir:
Kechagina uning martabasini, uningdek boy boʻlishni orzu qilganlar: "Voajab, Alloh bandalaridan Oʻzi xohlaganlariga rizqini keng yoki tor qilib qoʻyar ekan-da. Agar Alloh bizga marhamat qilmaganida, bizni ham yerga yutdirgan boʻlar edi. Voajab, kofirlar bu dunyoda ham, oxiratda ham najot topmas ekan-da, ularning oqibati voy ekan-da", deyishga oʻtdilar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Qasas • Oyat 81 Keyingi Al-Qasas • Oyat 83