Biz o`sha oxirat diyorini yer yuzida takabburlik va buzg`unchilikni istamaydiganlar uchun qilurmiz. Oqibat taqvodorlarnikidir. Qasas 28:83 ⧉
Tafsir:
Oʻsha oxirat diyori. Uni haqqa iymon keltirish va ergashishdan oʻzini katta olmaydiganlar hamda buzgʻunchilik qilmaydiganlar uchun atab qoʻyganmiz. Oqibat, jannat, barqaror nemat va Parvardigor rizosi Allohning buyruqlarini bajaradigan va taqiqlaridan tiyiladigan taqvodorlarnikidir.