Kim bir yaxshilik keltirsa, unga undan ko`ra xayrliroq (mukofot) bor. Kim bir yomonlik keltirsa, yomonlik qilganlar faqat qilganlariga yarasha jazolanurlar. Al-Qasas 28:84 ⧉
Tafsir:
Qiyomat kuni kim namoz, roʻza, zakot va boshqa bir yaxshilik bilan kelsa, uning yaxshiligi oʻn barobargacha koʻpaytirib beriladi. Kim kufr, sudxoʻrlik, zino kabi bir yomonlik bilan kelsa, yomonlik qilganlar faqat qilganlariga yarasha jazolanurlar.