Sura Al-Qasas (Qissalar — القصص) (Oyat 83)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




28 Al-Qasas(القصص), Oyat 83

تِلْكَ الدَّارُ الْآخِرَةُ نَجْعَلُهَا لِلَّذِينَ لَا يُرِيدُونَ عُلُوًّا فِي الْأَرْضِ وَلَا فَسَادًا ۚ وَالْعَاقِبَةُ لِلْمُتَّقِينَ 83 ٨٣

Biz o`sha oxirat diyorini yer yuzida takabburlik va buzg`unchilikni istamaydiganlar uchun qilurmiz. Oqibat taqvodorlarnikidir. (83)

Tafsir
Oʻsha oxirat diyori. Uni haqqa iymon keltirish va ergashishdan oʻzini katta olmaydiganlar hamda buzgʻunchilik qilmaydiganlar uchun atab qoʻyganmiz. Oqibat, jannat, barqaror nemat va Parvardigor rizosi Allohning buyruqlarini bajaradigan va taqiqlaridan tiyiladigan taqvodorlarnikidir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin