Sura Al-Ankabut (O‘rgimchak — العنكبوت) (Oyat 10)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




29 Al-Ankabut(العنكبوت), Oyat 10

وَمِنَ النَّاسِ مَنْ يَقُولُ آمَنَّا بِاللَّهِ فَإِذَا أُوذِيَ فِي اللَّهِ جَعَلَ فِتْنَةَ النَّاسِ كَعَذَابِ اللَّهِ وَلَئِنْ جَاءَ نَصْرٌ مِنْ رَبِّكَ لَيَقُولُنَّ إِنَّا كُنَّا مَعَكُمْ ۚ أَوَلَيْسَ اللَّهُ بِأَعْلَمَ بِمَا فِي صُدُورِ الْعَالَمِينَ 10 ١٠

Va odamlardan, Allohga iymon keltirdik, deydigan, so`ngra Allohning yo`lida ozorlansa, odamlarning fitnasini Allohning azobidek qabul qiladiganlari ham bor. Agar Robbing tomonidan nusrat kelsa, ular, albatta, biz siz bilan birga edik, derlar. Alloh olamlarning ko`ksilaridagi narsalarni o`ta bilguvchi Zot emasmi?! (10)

Tafsir
Odamlardan shundaylari borki, Allohga iymon keltirdik, deydilar. Shu iymoni tufayli kofirlardan ozor cheksalar, ularning ozorlarini Allohning azobidek koʻrib, dindan qaytadilar. Ey Paygʻambar, agar ularga Parvardigoringiz tarafidan bir nusrat kelsa, ey moʻminlar, biz sizlar bilan birga edik, deydilar. Alloh odamlarning qalblarida nima borligini bilguvchiroq emasmi?! Dillarda kufr bormi, iymon bormi, hammasini biladi. Biron narsa U Zotdan yashirin qola olmaydi. Alloh hammasini bilib turganidan keyin ularning dil izhorlari nima ham boʻlardi?!

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin